Asl ismi şarifi Kassius Kley, musulmon dinini qabul qilganidan keyin Muhammad Aliga aylangan afsonaviy boksçi bugun 74 yoşga töldi.
U 1942 yilning 17 yanvar kuni AQŞning Kentukki ştati Luisvill şahrida dunyoga kelgan.
Hayotini boks bilan boğlagan Muhammad Ali yarim oğir vazn toifasida 1960 yilgi XVII Yozgi Olimpiya öyinlarida çempionlik şoxsupasiga kötarilgan. Supero oğir vazn toifasida mutloq jahon çempioni (1964—1966, 1974—1978) bölgan. Beş karra “Yil boksçisi” (1963, 1972, 1974, 1975, 1978) hamda 10 yillikning “Eng yaxşi boksçisi” deya e'tirof etilgan.
Butun dunyoga Muhammad Ali nomi bilan tanilgan Kassius Marsellus Kley doimo jurnalistlar qurşovida bölsa-da, uning hayotidagi ayrim voqealarni juda kamdan-kam insonlar bilişgan. Ana şunday insonlardan biri uning dösti, “Life” jurnalining ilk qora tanli suratkaşi Gordon Parks bölgan. Alining köplab suratlarini aynan Parks olgan. Afsonaviy boksçining 60-yillar örtalari va 1971 yilgaça bölgan faoliyati davomida olingan ayrim suratlar bilan tanişing.

Kassius Kley va Gordon Parksning tanişuvi 60-yillar örtalarida, boksçi Rimdagi Olimpiada öyinlarida ğalabaga erişganidan söng amaldagi çempionlarning unvonlariga köz tika boşlagan paytda yuz bergan. Bölajak afsonaviy sportçi Parksning qora tanli bölsa-da, yuqori mavqega erişa olgani va oddiy oiladan ekanligi bois u bilan döst tutingan.

Alining boks bilan şuğullana boşlaşiga mahalliy sport tögaragida suratga olingan filmni körgaç, televizorda çiqişni va suratlari jurnallarda bosilişini xohlaşi sabab bölgan.

Gordon Parks Muhammad Ali yuksak çöqqiga erişiş uçun nimalardan voz keçganini ham körsatib bera olgan. Alining tinimsiz maşğulotlari, zararli odatlardan butunlay voz keçişi va soğlom ovqatlaniş tarziga qat'iy rioya qilişi – bularning bari boksçining hurmatga sazovor bölişiga olib kelgan.

Vetnamda harbiy xizmatni ötaşdan boş tortgaç, Kassius Kley bir zumda barça çempionlik unvonlaridan ajraldi, şuningdek, uç yil davomida boks janglarida qatnaşiş imkoniyatidan ham mahrum etildi. Kassiusning uruşga borişdan boş tortişiga sabab, uning insonlarni öldirişni taqiqlovçi din — Islomni qabul qilganligi edi.










