Şveytsariya 17 yanvar kuni Eronga nisbatan joriy etilgan sanksiyalarni olib taşladi. Bu haqda mamlakat Federal kengaşi xabar qildi.

“2015 yilning 21 oktabrida e'lon qilinganidek, Şveytsariya Eronga qarşi sanksiyalarni BMT va YeI bilan bir qatorda olib taşlaydi. Federal kengaş Eron Islom Respublikasiga munosabatni qayta körib çiqdi. Yangi qonunçilik 17 yanvar kuni 12.00da kuçga kirdi”, - deyiladi xabarda.

Bundan avvalroq esa Avstraliya BMT Xavfsizlik kengaşi MAGATE hisobotini qölga olişi bilan özi joriy etgan sanksiyalarni olib taşlaşini ma'lum qildi.

Eslatib ötamiz, 16 yanvar kuni MAGATE rahbari Yukiya Amano Eronning atom böyiça kelişuvni implementatsiya qiliş (amalga oşiriş) uçun barça talablarni bajarganini tasdiqladi.

Sanktsiyalar bekor qilinganidan söng Eron xorijdagi muzlatib qöyilgan hisob raqamlaridan qaytadan foydalaniş imkoniga ega böladi. Amerika moliya vazirligining ma'lumotiga köra, Eronning qariyb 50 milliard dollar mablaği muzlatilgan.

Şuningdek, Eron neft eksporti hajmini kuniga 500 ming barrelga qadar oşiradi.