Kanadalik maşhur xonanda Selin Dion erining vafotidan keyin yana bir oğir judolikka uçradi. Uning akasi Daniel Dion 16 yanvar ertalabki payt 59 yoşida saratondan vafot etdi, deb xabar bermoqda Le Journal De Montreal naşri.
Xonandaning opasi Klodett ularning akasi atoqli musiqaçi bölganini aytdi.
“Musiqa yaratiş akamni haqiqatda baxtiyor qiluvçi narsa edi. Akamning bulbuldek ovozi bor edi”, deb eslamoqda akasini Klodett.
Daniel Dion kasalxonada oilasi, jumladan 89 yoşli onasi Tereza Dion qurşovida vafot etdi. Uning dafn marosimi yanvar oxiriga belgilandi. Marhum Dionlar oilasidagi 14 farzandning sakkizinçisi bölgan. Marhumning ortidan ikki qizi qoldi.
Bundan ikki kun avval, ya'ni 14 yanvarda Selin Dionning eri va prodyuseri Rene Anjyelil ham Las-Vegasdagi uyida saraton bilan uzoq davom etgan kuraşdan keyin vafot etgandi.






