Angliyaning «Çelsi» futbol klubi boş murabbiyi Guus Xiddink mamlakat çempionatining «Everton»ga qarşi keçgan uçraşuvidan (3:3) keyin jamoa sardori Jon Terrining öyiniga yuqori baho berib ötdi.

«Jon bugun nafaqat hisobni tenglaştirişi orqali, balki himoyada ham, hujumda ham körsatgan öyini, munosabati orqali jamoa uçun juda kerakli futbolçi ekanini körsata oldi. Uning jonini berib öynaşi juda katta narsa.

2009 yildagi Terri va bugungisi örtasidagi farqni körmayapman. Faqat qandaydir testlar uning tezligi pasayganini körsatişi mumkindir, men buni hozirça körayotganim yöq. U butunlay tayyor, yaxşi maşğulot olib bormoqda, yoşiga mos ravişda öz ustida işlamoqda. U sekin öynaydigan bölib qolgan? Unaqa bölişi mumkin emas!

Agar u bilan şartnomani uzaytiriş haqida fikrimini bilmoqçi bölsangiz, menimça javobim kundek ravşan», – deydi Xiddink.

Eslatib ötamiz, şu yili 36 yoşga töladigan Terri yozda erkin agent maqomini olişi kutilmoqda.