Sönggi kunlarda “Sport” telekanali xodimlaridan bir neçtasi öz vazifasidan ozod etilgani haqida miş-mişlar yuribdi. Norasmiy manbalarning ma'lum qilişiça, ular orasida şarhlovçilar Zafar va Diyor Imomxöjayev nomlari ham bor.

Yangi yilga sanoqli kunlar qolganida “Sport” telekanali direktor va direktor örinbosarisiz qolgandi. Lavozimga tayinlanganiga bir yildan oşmagan bir vaqtda kanal direktori Alişer Hoşimov, qöşimçasiga uning örinbosari Zohir Toşxöjayev işdan olingandi. Yangi yildan keyin esa ular safiga yuqorida nomlari keltirib ötilgan şarhlovçilar ham qöşilgan.

Ayni kunlarda 23 yoşgaça bölgan futbolçilar örtasida Osiyo çempionati davom etmoqda. Uning şarhlarida Zafar va Diyor Imomxöjayev iştirok etmayotgani ham miş-mişlarning asosli ekanidan dalolat beradi. Davron Fayziyev Qatarda bölib turgani va Dohaning özidan reportaj qilinmayotganligini inobatga oladigan bölsak, asosiy yuk Dilşodbek Töxtabekov, Murod Rizayev, Eldor Mustafoyev kabi şarhlovçilarga tuşgan. Yordam tariqasida Hasan Turdialiyev hamda Norbek Niyozov işga jalb qilingan.

Zafar Imomxöjayev şu kunga qadar “Translyatsiya” studiyasi boş muharriri sifatida faoliyat yuritib kelayotgandi. Endilikda uning muallifligida 10 yildan buyon efir yuzini körib kelayotgan “Futbol şarhi” körsatuvi ham töxtaydi. “Sport” telekanalida oliy liga öyinlarini yoritib boradigan, terma jamoalar iştirokidagi öyinlar tahlili va umuman özbek futbolidagi özgarişlar haqida ma'lumot beruvçi boşqa körsatuv yöq.

Diyor Imomxöjayev muallifligidagi “Sokker klub” körsatuvi ham endilikda efirga uzatilmaydi. Sönggi bor 1 dekabr kuni köriniş bergan “Sokker klub” norasmiy manbalarga köra, kanaldagi özgarişlarga asosiy sabab sifatida körsatilmoqda. Şarhlovçining özi ijtimoiy tarmoqlarda unga berilayotgan savollarga hozirça javob qaytarayotgani yöq.

Kun.uz muharriri tomonidan berilgan savolga javob qaytarişni istamagan Diyor Imomxöjayev, balki keyinroq bu haqda ma'lum qilişini aytib ötgan.