Texnologiya | 16:57 / 19.01.2016
3047
1 daqiqa o‘qiladi

Twitter mikroblog xizmati faoliyati tiklandi

Twitter mikroblog xizmati yana ishlab ketdi.

Tvitter Bugun 19 yanvar kuni soat Toshkent vaqti bilan taxminan 13.20 dan boshlab butun dunyo bo‘ylab ishlamay qolgandi.

Oradan bir soatcha vaqt o‘tib tarmoq yana ishlay boshlagan. Twitter`ning mobil ilovasida ham yangi tvitlarni yuklash mumkin bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, bungacha Twitter bu darajadagi katta nosozlik 2015 yilning 19 noyabrida kuzatilgandi.