Qirğiziston prezidenti Almazbek Atambayev 20 yanvar kuni ötkazilgan davlat mukofotlarini topşiriş marosimida mamlakat fuqarolari toğni urib talqon qilişga qodirligini ta'kidlab ötdi.

“Mamlakatda asosiy narsa – xalqimizning birdamligidir, - dedi u. – Mintaqada barça bizning mamlakatimizga havas qilişiga erişamiz. Boşqa davlatlar fuqarolariga bizga havas qilişiga, ularda ham bizdagiday iqtisodiyot, demokratiya va erkinlik bölişini orzu qilişiga erişamiz. Kim nima deyişidan qat'iy nazar, biz köp narsaga erişdik. Şunçaki odamlar yaxşi narsaga tez örganib qoladi”.