Kuraş xalqaro assotsiatsiyasi veb-saytida 2015 yil yakunlariga köra turli nominatsiyalar böyiça yilning eng yaxşilari e'lon qilindi. Bu haqda ÖzA xabar bergan.

Turkmanistonning Aşxobod şahrida ötkazilgan Osiyo olimpiya kengaşining Boş assambleyasida kuraş 2018 yili Indoneziyada taşkil etiladigan XVIII yozgi Osiyo öyinlari dasturiga rasman kiritilgani Kuraş xalqaro assotsiatsiyasi tomonidan «Yilning eng yaxşi voqeasi» deb topildi. Endi kuraş bir yöla uçta nufuzli musobaqa – 2016 yili Vetnamda ötkaziladigan Osiyo sohil öyinlari, 2017 yili Turkmanistonda böladigan yopiq inşootlarda va jangovar yakkakuraşlar böyiça Osiyo öyinlari hamda 2018 yilgi yozgi Osiyo öyinlari dasturidan joy oldi.

Eronda ötkazilgan kuraş böyiça X jahon çempionati «Eng yaxşi çempionat» deb topildi. Mazkur nufuzli musobaqada ellikdan ziyod mamlakatdan ikki yuzdan ortiq polvon ğoliblik uçun bellaşdi. Çempionatda Özbekiston şarafini himoya qilgan polvonlar 5 oltin, 4 kumuş va 2 bronza medalni qölga kiritib, umumjamoa hisobida birinçi örinni egalladi.

Musobaqada vazni 73 kilogrammgaça bölgan polvonlar bellaşuvida şohsupaning eng yuqori poğonasiga kötarilgan Davlat Abrayev «Yilning eng yaxşi kuraşçisi», çempionatga polvonlarni puxta tayyorlagan Özbekiston terma jamoasi boş murabbiyi Murod Dösimbetov «Yilning eng yaxşi murabbiyi» böldi.

Janubiy Afrika Respublikasidan Galaksi Ekşon «Yilning eng yaxşi ayol kuraşçisi», vetnamlik Xok Tuan Ngayyen «Yilning eng yaxşi hakami», Hindiston kuraş assotsiatsiyasi «Eng yaxşi milliy federatsiya», Yevropa kuraş konfederatsiyasi «Eng yaxşi qit'a federatsiyasi», Dominikan Respublikasida ötkazilgan Kuraş oyligi «Eng yaxşi taşabbus», deb topilgan.