Uber taksiga onlayn-buyurtma beriş xizmati Airbus kompaniyasi bilan yangi havo taşişlari xizmati uçun vertolyotlar yetkazib berilişi böyiça kelişib oldi. Uber aerotaksi pilot loyihasi doirasida yölovçilarni AQŞning Yuta ştati böylab taşiydi. Bu yerda yanvar oxirida “Sandens” kinofestivali bölib ötadi.
“Bu tajribaviy loyihadir, u qanday borişini kuzatib boramiz, u juda maroqli bölişi kerak”, deb aytdi Airbus boş direktori Tom Enders Myunxenda bölib ötgan Digital Life Design anjumanida. Enders kelişuv tafsilotlarini oşkor etmadi.
The Wall Street Journal naşrining izohlaşiça, Yutada yölovçilar Airbus H125 va H130 modelidagi vertolyotlarda taşiladi, taşuvlar bilan mahalliy Air Resources kompaniyasi şuğullanadi.
Uber avvalroq ham xususiy aviataşuvlar xizmatini sinovdan ötkazgan, biroq uni doimiy asosda yölga qöymagan. Misol uçun, kompaniya 2013 yilda Manxettendan Xemptonga, Ostinda “Formula 1” Gran-prisi ötkazilganda va Kann xalqaro kinofestivali vaqtida UberChopper havo safarlarini taklif qilgan.
Aerotaksi xizmati kamida bir neça yuz dollar turgan. Misol uçun, Xemptongaça safar 3 ming dollar turgan. Uşbu narxga yölovçilarni vertolyot maydonçasigaça va ular möljallangan joyga vertolyotda yetib borişgaç, oxirgi manzilga yetkazib qöyadigan yerdagi taksi xizmati ham kiritilgan bölgan.






