20 yanvar kuni Şveytsariyaning Davos şahrida 46-marta an'anaviy xalqaro iqtisodiy forum oçildi. Forumning asosiy mavzusi "Törtinçi iqtisodiy inqilob" böladi. Marosimga dunyoning 140 mamlakatidan 2,5 mingdan ortiq kişi kelgan. Ular orasida önlab prezidentlar hamda hukumat rahbarlari, xalqaro taşkilotlar prezidentlari hamda jamoat arboblari bor.

Forum 23 yanvar kunigaça davom etadi.

Davosdagi Butunjahon iqtisodiy forumida taqdim etilgan reytingda mamlakatlar töqqizta mezon asosida baholandi: turizm sohasi, innovatsiyalar, jahon sahnasidagi qudrati va ta'siri, ijtimoiy soha, madaniyat, tarixiy meros, iqtisodiyotning ösiş sur'atlari, biznes uçun qulaylik, aholi hayotining umumiy darajasi.

Quyida mana şu töqqizta reytingning top beşligi birma-bir körib çiqiladi.

Tadqiqotda ta'kidlanişiça, turizm sohasi sönggi yillarda rivojlandi. Birlaşgan Millatlar taşkiloti bergan ma'lumotlarga köra, bugungi kunda sayohat va turizm global iqtisodiyotga deyarli 8 trillion dollar bilan hissa qöşmoqda. Mazkur sanoat dunyo böylab 280 million kişini iş bilan ta'minlayapti. Turizm sohasidagi körsatkiçlarni baholaş döstona munosabat, zavq, yoqimli iqlim kabi yönalişlarda qölga kiritilgan natijalarga asoslanadi.

Turizm sohasi

Turizm sohasi reytingida birinçi örinni Braziliya qölga kiritgan. BMT Turizm taşkiloti bergan ma'lumotlarga köra, har bir sayyoh Braziliyaga qilgan sayohati davomida turizmga 1,153 AQŞ dollari miqdorida mablağ sarflaydi. Italiya esa ikkinçi örinda qayd etilgan. Uçinçi örinni egallagan Ispaniyaga amalga oşirilgan sayohat davomida har bir sayyoh turizmga 1,031 AQŞ dollari sarflaydi. Reytingning törtinçi va beşinçi örinlaridan Tayland hamda Yangi Zelandiya mos ravişda örin olişgan.

Madaniy ta'sir reytingi

Bu reytingda Yevropa mutlaq yetakçilikni qölga kiritgan. Betakror taomlari, moda va san'at böyiça maşhur bölgan Fransiya 1-örinda. Dunyoda yirik vino işlab çiqaruvçi Fransiyaning vino mahsulotlari böyiça asosiy raqibi Italiya madaniy ta'sir körsatiş böyiça 2-örinda qayd etilgan. Mazkur mamlakat taom tayyorlaş an'analari, mumtoz san'at va arxitektura, hamda dizaynerlar tomonidan tayyorlangan kiyimlari bilan maşhur. AQŞ esa bu reytingda 3-örinni egallagan. Ispaniya va Buyuk Britaniya Birlaşgan Qirolligi bu reytingida mos ravişda 4 va 5 örinlarni qölga kiritgan.