IBM korporatsiyasi ketma-ket 15 çorakdan beri tuşumi pasayotganini ma'lum qildi. Kompaniyaning foydasi ham pasaydi.
2015 yilning oxirgi 3 oyi natijalariga köra, IBM 4,5 mlrd dollar sof foyda oldi. Bu esa ötgan yilning şu davriga nisbatan 19 foiz kamroqni taşkil qilgan.
Kompaniyaning çoraklik tuşumi 8,5 foizga, ya'ni 22,06 mlrd dollargaça kamaygan. Bu dollarning yuqori kursi bilan boğliq bölgan. Şu omilning bir özigina tufayli kompaniyaning 2015 yildagi tuşumi 7 mlrd ga, oktabr-dekabr oylaridagi foydasi esa 300 mln dollarga kamaygan.
IBM’ning moliyaviy hisoboti çop etilgandan keyin uning aksiyalari 3 foizga arzonlaşgan. Yil boşidan esa kompaniyaning aksiyalari 7 foizga kamaygan.






