«Barselona» hujumçisi Lionel Messining fikriça, «Oltin töp»ning keyingi egasi Neymar.

2015 yil yakunlari böyiça sovrin Messiga nasib qildi. Final uçligidan Kriştianu Ronaldu («Real») va Neymar («Barselona») ham örin olişgandi.

«Men bu yilda ötgan yillardagidan yaxşiroq öynadim. 2013 va 2014 yilllarda jarohatlar tufayli özimni istaganimdek körsata olmagandim. Lekin men endi yuqori formadaman. Şu bilan birgalikda, bu mukofotni qölga kiritişimda Neymar va Suaresning xizmatlari katta bölganini aytib ötişim kerak. Biz maydonda bir-birimizni közni yumgan holda tuşuna olamiz. Yeçiniş xonasidagi va hayotdagi munosabatlarimiz esa undan ham a'lo.

Neymar kelajakda «Oltin töp»ni qölga kiritadi, deb hisoblayman. Buning uçun unda kerakli bölgan barça xislatlar bor. U aqlbovar qilmas darajadagi futbolçi. U tezkor futbolçi. Neymar yuqori texnikaga ega va yakkama-yakka vaziyatda ajoyib harakat qiladi», — deydi Messi.

U şuningdek, Kriştianu Ronaldu bilan munoasabatlari haqidagi savollarga javob berib, u bilan maydonda raqibligini, hayotdagi munoasabatlari esa döstona ekanini ta'kidlagan.

Messi kelgusida Yevropada «Barselona»dan boşqa jamoa safida öynamasligini faoliyatini şu jamoada yakunlamoqçiligini aytib ötgan.

«Balki, Argentinaga ham qaytişim mumkin. Agar yana bitta «Oltin töp» olsam, bundan xursand bölaman. Lekin men bu mukofotga öç emasman», deydi Messi Marca naşriga.

Xorxe Valdano: Avval Neymar öyini bilan Messiga xizmat qilar edi, hozir esa u özini barçadan zör deb biladi

Ronaldu: Messi bilan yaxşi munosabatdaman, u va Neymarga «Oltin töp» marosimi vaqtida tarjimonlik qildim