Lionel Messi va uning otasi Xorxe Orasio Messi soliq tölaşdan böyin tovlaşga oid iş böyiça 31 may kuni sudda javob beradi.

Argentinalik futbolçi va uning otasi 4,1 million yevro miqdoridagi soliqlarni tölamaganlikda ayblanmoqda. Prokurorning ma'lumotlariga köra, öyinçi 2007—2009 yillarda olingan daromaddan soliq tölamagan.

L'Equipe naşri xabariga köra, da'vogar tomon futbolçi va uning otasi uçun 22 oylik qamoq jazosi talab qilgan.

Messining özi sobiq agenti xatoga yöl qöyganini tan olgan hamda Ispaniya ğaznasiga 10 mln yevro tölab, unga nisbatan jinoiy iş oçilmasligi uçun yana 15 mln yevro tölaşga tayyorligini ma'lum qilgandi. Biroq mahalliy hokimiyat bunga rad javobini bergandi.