Kanadaning G Adventures sayyohlik operatori eng yaxşi sayohat turizmi yönalişlari beştaligini e'lon qildi. Uşbu röyxatning birinçi poğonasidan Markaziy Osiyo örin egalladi.
“Maftunkor zamin” – Markaziy Osiyo mamlakatlari, xususan Özbekiston hududi şunday tavsiflandi. Bu yerda sayohatçilarga tarixning özi hikoya qiladi. Gözal landşaftlar, noyod qadimiy arxitektura yodgorliklari, öziga xos madaniyat, samimiy mehmondöstlik – bularning barçasi sayyohlarni öziga jalb etmasdan qöymaydi.
Ikkinçi örinda Yaponiya tilga olindi. Şimoliy Braziliya, Şimoli-şarqiy AQŞ va Şri-Lanka ham TOP-5 qatoridan joy oldi.
Ma'lumot uçun, G Adventures – kiçik guruhdagi odamlar uçun sayyoraning turli burçaklariga sayohatlarni taşkil etiş böyiça jahondagi taniqli kompaniyalardan hisoblanadi. Kompaniyaga 1990 yilda asos solingan bölib, Greenpeace singari turli ekologik taşkilotlar bilan hamkorlik olib boradi. Mazkur operator tomonidan uyuştiriladigan sayohatlar bir neça bor National Geographic Traveler jurnali tomonidan e'tirof etilgan.






