Çet el kapitali iştirokidagi “Hamkorbank” Aktsiyadorlik - Tijorat banki jahon standartlariga javob beruvçi, mijozlar uçun qulay turli xil zamonaviy bank xizmati turlarini taqdim etib kelmoqda.
“Hamkor Mobile” mobayl banking xizmati zamonaviy bank xizmat turlaridan biri hisoblanib, 2014 yilda joriy qilingan. Uşbu xizmat internet-texnologiyalari asosida yaratilgan bölib, bank xizmatlaridan “On-line” tartibida foydalaniş imkoniyatini beradi. Şuningdek, mazkur xizmat turi mijozlarga qimmatli vaqtlarini tejaş, oşiqça xarajatlarning oldini oliş, bir xizmat orqali turli amaliyotlarni bajariş qulayliklariga ega. “Hamkor Mobile” xizmatiga mijoz bank filialiga taşrif buyurmasdan masofadan turib ulanişi va öziga kerakli tölovlarni amalga oşirişi mumkin.
Uşbu bank xizmati orqali mijozlar quyidagi yönalişlarda tölovlarni amalga oşiriş imkoniyatiga ega böladilar:
- - Özbekistonda faoliyat yuritayotgan barça mobil aloqa xizmatlari uçun tölovlar (Ucell, Uzmobile, GSM Uzmobile, UMS, Beeline, PerfectumMobile);
- - Tabiiy gaz va elektr energiyasi uçun tölovlar;
- - Internet aloqasi uçun tölovlar (SarkorTelecom, UZ-Online, Evo, TPS);
- - Şahar telefonlari uçun tölovlar;
- - IP TV uçun tölovlar;
- - Kabel televideniyelari uçun tölovlar (Uzdigital TV, Star TV);
- - Tizim içidagi tölovlarni, uşbu tölov turi orqali mobayl bank tizimidan röyxatdan ötgan mijozlar özlariga oçilgan maxsus hisob varaqlar orqali plastik kartadagi mablağlarni boşqa uşbu tizimdan röyxatdan ötgan jismoniy şaxs mobil bank maxsus raqamiga ötkaziş imkoniyati mavjud, ya'ni bankga murojaat qilmagan holatda naqd pulsiz tölovlari;
- - Jismoniy şaxslar “Hamkorbank” ATB filiallaridan olgan kreditlari uçun oylik tölovlari;
- - Tovar va xizmatlar sotib oliş uçun bir marotabalik tölovlarni amalga oşirişi mumkin.
Şuningdek, jismoniy şaxslar öz plastik karta hisob varağidan (22618, 22617) maxsus mobil bank hisobvarağiga pul ötkaziş yoki teskari amaliyotni bajariş mumkin. Bundan taşqari, “Hamkorbank” ATB filiallarining mijozlari omonat hisob varaqlari, kreditlari, plastik kartalari va boşqa hisob varaqlari töğrisidagi kirim va çiqim amaliyotlarini, hisoblangan foizlarni, qoldiqlarni, aylanmalari töğrisidagi ma'lumotlarni oliş imkoniyatiga ega.






