Çinakam daho, ilm-fan olamining yetuk vakili bölgan Eynşteyn özining yumor hissiga çanqoqligi bilan ham ajralib turgan. Bugungi maqolada Eynşteyn hayotida röy bergan turli hodisalar va uning dono fikrlari haqida söz boradi.

“Yoşligimda oyoğimning boş barmoği ertami keçmi paypoğimni teşib çiqişini payqab qoldim. Şu-şu paypoq kiymay qöydim”. Ha, xuddi şunday! Butun umr paypoq kiymay yurgani olimning ğalati odatlaridan biridir;

Eynşteyn şunday degandi: “Muvafaqqiyat uç qismdan taşkil topadi: omad, öyin va tilni tiyiş!”. Tilni tiyişni maslahat bergan olimning eng maşhur suratida esa u tilini çiqargança turibdi. Bu surat ilm-fan olamida ham öziga xos quvnoqlik borligiga işora ekanligini olimning özi ta'kidlagan. Surat 1951 yil 14 mart (Albertning tuğilgan kuni) da tuşirilgan;

Albert Eynşteyn topişmoği butun dunyoda maşhurlikka ega. Ajablanarlisi, bu jumboq aynan Eynşteyn tomonidan öylab topilgani haqida heç qanday aniq ma'lumot yöq;
Bir safar Eynşteyn poyezdda ketayotib, qorni oçadi. Vagon-restoranga kirgaç, menyuni öqiy olmaydi, çunki közoynagi özida emasdi. Ofisiantga yuzlanib, menyuni öqib berişni söraganida esa ajoyib javobdan lol qoladi: “Keçirasiz, janob! Men ham Siz kabi savodsizman”;

Atom bombasi keltirib çiqargan oqibatlardan qattiq ökingan Eynşteyn alam bilan: “Agar bu qilgan işim nima bilan tugaşini oldindan bilganimda, yaxşisi soatsoz usta bölardim!” - degan ekan. U rostdan ham uruşni körarga közi yöq edi. Uning yana bir fikri bunga isbot böla oladi: “Insoniyat 3-Jahon uruşi paytida qanday qurollar bilan bir-birini halok etişini bilmadim. Lekin aniq bilaman, 4-Jahon uruşida ular toşdan yasalgan bolta va töqmoqlar bilan jang qiladilar!”. Tinçlikka nima yetsin…

Prinston universitetiga kelgan Eynşteyn öz kabinetiga katta siğimga ega axlat çelagi qöyişlarini iltimos qiladi. “Nega?” - deb söraşadi hayron bölib. Olimning javobi esa sodda va lönda böladi: «Çunki men juda köp xato qilaman!”;

Albert Eynşteyndan söraşibdi: “Buyuk fikrlaringizni qanday qilib qayd etib borasiz?” Eynşteynning javobi quyidagiça: “Buyuk fikrlar miyamga ba'zi-ba'zida kelib qoladi, şuning uçun ularni yozib qöymasdan ham eslab qolsa böladi”;
Eynşteynning ayolidan eri haqida söraşibdi: “U daho. U hamma narsaga qodir” - ayol bu gapiga şunday qöşimça qiladi: “pul topişdan boşqa”;

Haligaça odamlar orasida xato bir fikr yuradi. Nima emiş, Eynşteyn maktabda yomon öqiganmiş. Bölmagan gap! Gap şundaki, 1896 yilda u öqigan Aarau şahridagi mavjud ta'lim standartlariga köra, 2 bahosi eng yuqori baho edi. Buni notöğri tuşungan odamlar esa uni ikkiçiga çiqarib qöyişadi;

Ezma jurnalistlardan biri Eynşteynga odatiy savolni beradi: “Agar fizik bölmaganingizda qaysi kasbni tanlar edingiz?”. Eynşteyn miyiğida kulib: “Albatta, vodoprovodçi!” - deb javob beradi. Qiziği, biroz vaqt ötib AQŞ Vodoprovodçilari Kasaba Uyuşmasi Eynşteynni “Faxriy vodoprovodçi” unvoni bilan taqdirlaydi;

Eynşteyn ma'lum muddat ixtirolarga patent beruvçi idorada işlagan. Öşa paytda u qiziq bir narsani payqab qoladi. Uning aytişiça, barça buyuk yangilik va ixtirolar odatda ikki sözdan iborat jumladan boşlangan ekan: “BU IMKONSIZ!”.

Aziz öquvçi, işlaringiz yurişmayotgan bölsa, hayotda nimadir Siz öylagandek amalga oşmayotgan bölsa, unda sönggi voqeani esga oling! «BU IMKONSIZ EMAS!!”. Omon böling!!!

Internet ma'lumotlari asosida Bahodir Anorov tayyorladi.