Microsoft kompaniyasi Android uçun Mimicker Alarm nomli yangi budilnik funksiyasini işlab çiqardi. Uning alohida xususiyati şundaki, bu budilnik ovozi foydalanuvçi 3ta şartdan birini bajarganidan keyin tinadi. Bu haqda The Verge xabar yozgan.
Qayd etilişiça, şartlarning barçasi noodatiy: budilnik sizga selfi olişni va bunda qaysidir his-tuyğuni ifodalaşni taklif qilişi (masalan tabassum qiliş), tez aytişni aniq qilib aytib berişni yoki biror rangdagi buyumni topib, unga kamerani yaqinlaştirişni söraşi mumkin.
Xabarda aytilişiça, gadjyet sohibi budilnik çalinganidan keyin uni öçirgaç, 30 soniya ötib yuqoridagi topşiriqlar söralişi boşlanadi.
"Agar siz gadjyet söragan işlarni bajarmasangiz, u sizni hali uyğonmagan deb hisoblaydi va boşqatdan çinqira boşlaydi", deydi uşbu ilovani işlab çiqqan dasturçilardan biri Elison Layt.






