Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyev mamlakat parlamentining quyi palatasiga navbatdan taşqari saylovlar ötkaziş masalasi yuzasidan yiğiliş ötkazdi. Oq Örda matbuot xizmatining ma'lum qilişiça, yiğiliş çoğida prezident mamlakat xalqiga murojaat qilgan.
Yiğilişda boş vazir Karim Masimov, prezident ma'muriyati rahbari, konstitutsion kengaş raisi, boş prokuror va boşqalar iştirok etişgan.
Yiğiliş davomida mamlakat rahbari Qozoğiston xalqiga murojaat qilib, Majlis deputatlarining palatani tarqatib yuboriş hamda muddatidan ilgari saylovlarni ötkaziş borasidagi takliflari har tomonlama örganib çiqilganini ta'kidlab ötdi.
“Şu kunlarda menga uşbu taşabbusni qöllaydigan köplab xatlar va telegrammalar kelib tuşmoqda, - dedi davlat rahbari. – Navbatdan taşqari saylovlar ötkaziş fikriga siyosiy partiyalar, kasaba uyuşmalari, nohukumat taşkilotlar, korxonalarning mehnat jamoalari, öquv dargohlari qöşilmoqda. Murojaatlarda keltirilgan argumentlar ançayin tuşunarli, ularda mamlakatga bölgan ğamxörlik, siyosiy kampaniyani tezroq tugatib, qöyilgan vazifalarning amaliy realizatsiyasiga ötiş zarurati aks etgan”.
Şuningdek, Nazarboyev xalqaro vaziyatning murakkabligini esga olib, jahonda yangi reallik örin egallab borayotganini eslatib ötdi. “Bu murakkab vaziyatda biz tuşunimiz lozim bölgan asosiy narsa: imkoniyatga qarab yaşaş, resurslarni tejaş, iş örinlarini saqlaş, - ta'kidladi prezident. – Hukumat va parlament uşbu vaziyatda hamkorlikda işlab, tezkor çoralar körişi lozim”. Murojaatda mamlakat oldida turgan galdagi vazifalar aytib ötildi.






