Madridning “Real” klubining fransiyalik hujumçisi Karim Benzema samaradorlik böyiça eng yaxşi örtaça körsatkiçga ega ekanligini aniqlandi – u raqiblar darvozasini har 68 daqiqada işğol qilar ekan.
Ispaniyaning AS naşri Karim Benzema va “Real”ning yana bir hujumçisi Kriştianu Ronaldu hamda “Bavariya” hujumçisi Robert Levandovskining samaradorligini taqqosladi.
Natijada bu uçlikdan eng samarali öyinçi fransuz futbolçisi ekanligi ma'lum böldi.
Karim eng yaxşi natijaga ega bölib, raqiblar darvozasiga har 68 daqiqada töp kiritar ekan. Levandovski har 87 daqiqada, Ronaldu esa har 112 daqiqada öz hisobiga gol yozib qöyişi ma'lum böldi.
Joriy mavsumda Benzema Ispaniya Primerasida 15 ta uçraşuvda maydonga tuşib, umumiy hisobda öz hisobiga 16 ta va 2 ta golli uzatma yozib qöydi.






