“Adolat” SDP fraksiyasining “Buxgalteriya hisobi töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi qonuniga özgartiş va qöşimçalar kiritiş haqida”gi Özbekiston Respublikasi qonuni loyihasi yuzasidan pozitsiyasi şunday.
Mamlakatimizda amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlarning boş maqsadi kuçli, raqobatbardoş milliy iqtisodiyotni yaratiş va şuning hisobidan aholi farovonligini muntazam oşirib borişga qaratilgan. Şu bois sönggi yillarda xususiy mulk va tadbirkorlikning huquqiy kafolatlarini mustahkamlaşga qaratilayotgan e'tibor pirovard natijada barqaror iqtisodiy taraqqiyotning muhim omiliga aylanmoqda.
Bozor iqtisodiyoti şaroitida buxgalteriya hisobining ahamiyati va boşqaruv qarorlarini qabul qilişdagi roli ham oşib bormoqda. Şu ma'noda 1996 yilda qabul qilingan “Buxgalteriya hisobi töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi qonuni sohadagi munosabatlarni tartibga soliş, biznesdagi samaradorlik va natijalarning haqiqiy ahvolini öz vaqtida baholab borişni ta'minlaşga xizmat qilib kelayotir.
Biroq, ötgan yigirma yil mobaynida milliy iqtisodiyotimizda yuz bergan tarkibiy özgarişlar, xöjalik yurituvçi sub'yektlar turi va soni oşib borayotgani hamda sohaga joriy etilayotgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanişi mazkur qonunga özgartiş va qöşimçalar kiritişni taqozo etmoqda.
Şu munosabat bilan Vazirlar Mahkamasi tomonidan işlab çiqilib, Oliy Majlis Qonunçilik palatasiga kiritilgan “Buxgalteriya hisobi töğrisida”gi qonunga özgartiş va qöşimçalar kiritişni nazarda tutuvçi qonun loyihasi qizğin muhokama qilinmoqda.
Ta'kidlaş lozimki, mazkur qonun loyihasi ötgan yillar davomida qonunçilikda bölgan özgartişlar bilan muvofiqlaştirişga qaratilgan alohida moddalarni qayta körib çiqiş, qonundagi “oq doğ”larni bartaraf etiş, yangi va aniqlaştiruvçi normalarni kiritiş hamda xalqaro prinsiplar va standartlarga muvofiq buxgalteriya hisobi tizimini yanada rivojlantiriş uçun zamonaviy şart-şaroitlarni yaratişga qaratilgan.
Qonun loyihasini işlab çiqişda buxgalteriya hisobini taşkil etiş borasida amaliyotda sinalgan qoidalar, yondaşuvlar hamda xorijiy davlatlarning tajribasi hisobga olingan. Taklif etilayotgan me'yorlar va tartiblarning amalga oşirilişi mamlakatimiz taraqqiyotining hozirgi bosqiçiga mos keladigan buxgalteriya hisobi tizimining yanada takomillaşuvini ta'minlaydi.
Mazkur hujjatni ikkinçi öqişda körib çiqiş böyiça takliflar tayyorlanayotgan ayni paytda Demokratik kuçlar bloki hamda muxolifat fraksiyalar örtasida özaro tortişuv va munozaralar kelib çiqmoqda.
Xususan, Qonunçilik palatasida köpçilikni taşkil etuvçi Demokratik kuçlar bloki a'zolari özlarining yiğilişi va ommaviy axborot vositalari orqali çiqişlarida “Buxgalteriya hisobi töğrisida”gi qonunni yangi tahrirda qabul qilişni taklif etmoqda. Ammo 2015 yilda özini muxolifat deb e'lon qilgan Özbekiston “Adolat” SDP fraksiyasining pozitsiyasi va nuqtai nazari Demokratik kuçlar blokining uşbu qaroriga mutanosib emas. Bizning fikrimizça, Demokratik kuçlar bloki mazkur masalaga biroz yuzaki yondaşmoqda. Ya'ni, bu prinsipial ahamiyatga ega emas, qonun loyihasini yangi tahrirda qabul qiliş masalaning texnik jihati xolos.
Töğri, Oliy Majlis Qonunçilik palatasining Byudjyet va iqtisodiy islohotlar qömitasi mas'ulligida qonun loyihasiga işçi guruhi, ekspertlar va olimlar, siyosiy partiyalar fraksiyalari hamda Özbekiston Ekologik harakati deputatlari vakillari tomonidan qonun loyihasining tuzilişi, unda qöllanilgan atamalar, qator normalar va moddalariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş böyiça takliflar berildi. Biroq, bu hali qonun loyihasini yangi tahrirda qabul qilişga yetarliça asos böla olmaydi.
Bizning fraksiyamiz qonun loyihasining mazmun-mohiyatiga yanada çuqurroq e'tibor qaratiş, uning işlaş mexanizmlarini kuçaytiriş, undagi normalarning boşqa qonun hujjatlari bilan nomuvofiqligini bartaraf qiliş, havolaki normalarni qisqartiriş va töğridan-töğri işlaşini ta'minlaşga e'tibor qaratiş zarur, deb hisoblaydi.
Jumladan, fraksiyamiz yiğilişida qonun taşabbusiga ega sub'yekt tomonidan taklif etilgan buxgalteriya hisobi obektlari, şuningdek, içki nazoratni taşkil etiş va amalga oşirişga oid yangi normalar diqqat markazimizda böldi.
Şu örinda Demokratik kuçlar bloki tomonidan kiritilayotgan taklif asosida qonun loyihasiga buxgalteriya hisobi sub'yekti rahbarining huquqlari sirasiga buxgalteriya hisobi yuritişni ixtisoslaştirilgan taşkilot zimmasiga şartnoma şartlari asosida yuklaş belgilanmoqda. Albatta, uşbu taklifga qöşilgan holda biz “ixtisoslaştirilgan taşkilot” tuşunçasiga aniqlik kiritiş, uning huquqiy maqomini belgilaş zarurligini ilgari surmoqdamiz. Holbuki, agar qonunda ixtisoslaştirilgan taşkilot qanday huquqiy asoslarga tayanib iş yuritadi, ularning faoliyati uçun litsenziya talab etiladimi kabi savollarga aniqlik kiritilmasa, qonunda yana “oq doğ”lar paydo bölişi, amaliyotda köpgina tuşunmovçiliklar kelib çiqişi mumkin.
Qolaversa, qonun loyihasida buxgalteriya hisobi sub'yekti rahbari va buxgalteriya hisobi xizmati rahbarining moliya-xöjalik faoliyatidagi yöl qöyilgan qonunbuzilişlar uçun javobgarlik masalasini ham uzil-kesil hal qiliş lozim, deb hisoblaymiz.
Çunki korxona yoki taşkilot rahbari buxgalteriya hisobi böyiça maxsus bilim va malakaga ega bölmasligi, amalga oşirilayotgan barça operatsiyalarning ham oqibatlarini töğri anglay bilmasligi mumkin. Qolaversa, bu borada buxgalterni mas'uliyatdan soqit qiliş ayrim hollarda ijroga kiritilayotgan buxgalterlik hujjatlarini tayyorlaşda yuzaki yondaşiş yoki javobgarlikni töğridan-töğri his qilmaslikka sabab bölişi mumkin. Şunday ekan, korxona rahbarining buxgalteriya xizmati rahbari bilan bir xilda javobgar bölişi asoslimikan, degan savol tuğiladi.
Bundan taşqari, qonun loyihasida belgilangan xöjalik yurituvçi sub'yektlarning yillik moliyaviy hisobotini e'lon qiliş tartibini ham bugungi kun talablari asosida takomillaştiriş zarur. Xususan, partiyamiz Saylovoldi dasturida ilgari surilgan oşkoralik, oçiqlik va hisobdorlik tamoyillaridan kelib çiqib, xöjalik yurituvçi sub'yektlarning yillik moliyaviy hisobotini ularning rasmiy veb-saytlari hamda matbuot naşrlarida e'lon qiliş tartibini ham belgilaş maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz.
Fraksiyamiz a'zolari taklif etilayotgan hujjat umumiy jihatdan “Adolat” SDP dasturiy maqsadlariga mos ekanligini e'tirof etib, qonun loyihasini fraksiyamiz tomonidan bildirilgan tavsiyalarni inobatga olgan holda qonunçilik sub'yekti tomonidan kiritilgan tahririni qöllab-quvvatlaydi.
Zafar SULTONOV,
Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi Özbekiston “Adolat” SDP fraksiyasi a'zosi
Manba: adolat.uz






