AQŞ hukumatining fikriça, Rossiya prezidenti Vladimir Putin köp yillardan buyon korrupsiya botqoğiga botib bölgan va asl daromadlarini yaşiradi. Bu haqda moliya vazirining örinbosari Adam Şubin BBC’ning “Panorama” dasturiga bergan intervyusida aytib ötdi.

“Men raqamlarni aytişga tayyor emasman, lekin aniq ayta olaman – Putin davlatdan yiliga 110 ming dollar miqdorida maoş olgan. Ammo bu uşbu inson daromadining töğri tavsifi emas. U öz boyligining asl hajmini yaşirişda katta tajribaga ega”, - dedi Şubin.

Şubin Putinning korruptsion sxemalarga aloqadorligini tasdiqladi. Uning ta'kidlaşiça, AQŞ hukumati bu haqda köp yildan beri biladi. Öz navbatida, Rossiya vakillari bu ayblovlarni inkor qilib kelmoqda.