AQŞ prezidenti Barak Obama uşbu lavozimga nomzod Donald Tramp öz çiqişlari bilan tomoşabinlarda salbiy munosabat uyğota boşlaganini ta'kidladi, şuningdek, uni 2008 yilda respublikaçilar tomonidan nomzodi körsatilgan Jon Makkeyn bilan qiyoslab kördi.

“Jon Makkeyn iqlim özgarişini inkor qilmagandi, - uning sözlarini keltiradi The Hill naşri. – Jon Makkeyn musulmonlarning mamlakatga kirişini taqiqlaşga çaqirmagan edi. Bilasizki, u konservator edi, ammo nafaqat Respublikaçilar partiyasi kursi, balki bizning siyosiy dialogimiz içida ham turardi”.