Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov Turkmaniston poytaxti Aşxobodga ikki kunlik safar bilan ketmoqda. Turkmaniston rahbariyati bilan muzokaralar 28 yanvarga belgilangan, bungaça Lavrov Rossiyaning Aşxoboddagi elçixonasi yangi binolari majmuasining tantanali oçilişi marosimida iştirok etadi.
Köpçilik mamlakatlarning Turkmanistondagi elçixonalari diplomatlari şaharning Qipçoq köçasiga köçib ötmoqdalar, bu yerda yangi elçilar şaharçasi bunyod qilinmoqda. Bu yerdagi barça elçixonalar majmualari oq marmardan qurilib, Aşxobodning arxitekturaviy uslubida bajarilgan.
28 yanvarda Lavrov mamlakat rahbariyati bilan uçraşuvi davomida ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari, jumladan savdo-iqtisodiy va insonparvarlik masalalarini muhokama qiladi.
Rossiya taşqi işlar vazirligida ma'lum qilinişiça, “xalqaro kun tartibidagi mavzular, ikki davlatning BMT maydonçasidagi, Kaspiy “beşligi”, MDH doirasidagi hamkorligi böyiça mufassal fikrlar almaşiş mzljallanmoqda”. “Afğonistondagi vaziyatni hisobga olgan holda Markaziy Osiyodagi vaziyatga e'tibor qaratiladi. Yaqin Şarqdagi xalqaro terrorçilikka qarşi kuraş muammosi, Ukrainadagi inqirozli vaziyat muhokama qilinadi”, deb aytdi Rossiya taşqi işlar vazirligining rasmiy vakili Mariya Zaxarova. Safar davomida ikki davlat taşqi işlar vazirlari joriy yil uçun taşqi işlar vazirliklari örtasidagi hamkorlik dasturini imzolaydilar.






