Transparency International xalqaro aksilkorrupsiya taşkiloti 2015 yil uçun Corruption Perception Index korrupsiya reytingini e'lon qildi.

Özbekiston uşbu indeksda örnini biroz yaxşilab, 19 ball töpladi (ötgan yilgi körsatkiç – 18 ball), 168 davlat içida 153-örinni egalladi (2014 yilgi körsatkiç – 175 davlat içida 166-örin). 0 balldan (juda yuqori darajadagi korrupsiya) 100 ballgaça (juda past darajadagi korrupsiya) bölgan şkala böyiça baholaş reytingidan iborat korrupsiyani qabul qiliş indeksi davlat sektoridagi korrupsiya haqida ekspertlar bergan baholarga asoslanadi.

Ikki yildan buyon reytingda birinçilik Daniyaga tegişli bölib qolmoqda (91 ball). Birinçi önlikka, şuningdek, Finlyandiya (90), Şvetsiya (89), Yangi Zelandiya (88), Niderlandiya (87), Norvegiya (87), Şveytsariya (86), Singapur (85), Kanada (83) va Germaniya (81) kirdi. Oxirgi örinni Şimoliy Koreya va Somali bölişib oldi (8 balldan). Sobiq Ittifoqning boşqa davlatlari quyidagiça natijalar körsatdi: Estoniya — 23-örin (70 ball), Litva — 32 (61), Latviya — 40 (55), Gruziya — 48 (52), Armaniston — 95 (35), Moldova — 103 (33), Belarus — 107 (32), Ozarbayjon va Rossiya — 119 (29), Qozoğiston va Qirğiziston — 123 (28), Ukraina — 130 (27), Tojikiston — 136 (26), Turkmaniston — 154 (18).