2016 yilning 1 iyulidan Qirğizistonda savdo soliği bekor qilinişi töğrisidagi qonunga kuçga kiradi. Bu haqda mamlakat iqtisodiyot vaziri Orzibek Qöjoşev seşanba kuni ötkazgan matbuot anjumanida xabar berdi.

“Bu hukumat tomonidan davlatda iqtisodiy tuşkunlik kelib çiqmasligi uçun qilindi,- dedi vazir. – Fiskal sohada biz yanada liberal qadamlarni taşladik – savdo soliği bosqiçma-bosqiç bekor qilinişi bilan soliq yuki kamaytirildi, ya'ni, QQSga tortiladigan tovarlar, işlar, xizmatlar realizatsiyasida savdo soliği 2016 yilning 1 iyulidan e'tiboran bekor qilindi, faqat mobil aloqa xizmati bundan mustasno”.2016 yilning 1 yanvarida eksport yetkazmalari uçun soliq bekor qilingan edi.