Samsung Electronics kompaniyasi 2015 yil oxirida Galaxy A9 fabletini rasman namoyiş qilgandi. Yanvarning birinçi sanalarida yangi qurilma Xitoy dökonlarida savdoda paydo böldi. SamMobile resursining ma'lumotlariga köra, kompaniya qurilmaning navbatdagi modifikatsiyasini işlab çiqarmoqçi.

SM-A9100 model raqamiga ega Galaxy A9 Pro fableti birinçi navbatda Xitoy bozorini möljallab işlab çiqariladi. Bu qurilma yuqorirov körsatiş qobiliyatiga ega ekran, kattaroq hajmdagi içki xotira bilan jihozlansa kerak.

Eslatib ötamiz, Galaxy A9 fableti 6 dyuymli Full HD Super AMOLED displey, 13 Mp li asosiy va 8 Mp li old kamera, 3 Gbayt tezkor xotira, 32 Gbayt içki xotira, Snapdragon 652 protsessori bilan jihozlangan. Qurilmada operatsion tizim sifatida Android 5.1.1 Lollipop örnatilgan. Ehtimol, qurilmaning Pro-versiyasi operatsion tizimning yangi Android 6.0 Marshmallow versiyasi bilan ta'minlansa kerak.