Toşkent şahrida HTC kompaniyasining yangi servis markazining oçiliş marosimi bölib ötdi. Bu haqda terrabayt.uz sayti xabar tarqatgan.

Endi tayvanlik mobil vositalari işlab çiqaruvçisi hisoblangan HTC kompaniyasining qurilma va gadjyetlari foydalanuvçilari ulardagi nosozlik bilan boğliq muammolarni mazkur xizmat körsatiş markazida hal qilişlari mumkin böldi.

Oçiliş marosimida qayd etilganidek, HTC Care xizmat körsatiş markazida Özbekistonda sotib olingan, işlab çiqaruvçining P60124-150051 raqamli yillik xizmat körsatiş kafolatiga ega qurilmalar ta'mirlanadi.

Xizmat körsatiş markazi Toşkent şahri, Çilonzor tumani, «Bunyodkor» xiyoboni, 52-uy – Integro savdo markazining 1-qavati, 24-dökonida joylaşgan. Möljal: Metroning «Çilonzor» bekati.

HTC brendi qurilmalari foydalanuvçilari 2016 yilning 1 fevralidan boşlab xizmat körsatiş markaziga murojaat qilişlari mumkin.

HTC korporatsiyasiga 1997 yilning 15 mayida Buyuk Britaniya va Tayvan Respublikasi işlab çiqaruvçilari tomonidan asos solingan. Korporatsiya boş qarorgohi Tayvanning Sinbey şahrida joylaşgan. Kompaniya smartfon va planşetlar işlab çiqarişga ixtisoslaşgan.

Kompaniyaning smartfon va planşetlar bozoridagi hissasi kompaniya tomonidan 2014 yilning mart oyida e'lon qilingan HTC One M8 va HTC One M9 qurilmalaridan keyin 3 foizdan 7.2 foizga oşgan. Kompaniya dunyoning 40dan ziyod yirik şaharlarida xizmat körsatiş markazlariga ega.