Bugun Farğona viloyatida 10 mingdan ortiq fermer xöjaligi faoliyat körsatmoqda. 2015 yilda viloyatda qişloq xöjaligi mahsulotlari yetiştiriş 7 foizga ösgani ham soha rivojiga qaratilayotgan alohida e'tibor samarasidir. 

Keyingi yillarda viloyatda quyonçilikni rivojlantiriş, naslçilik işlarini takomillaştiriş va uşbu yönalişda ixtisoslaşgan köp tarmoqli agrofirmalar taşkil etişga alohida e'tibor qaratilmoqda. Ayni jarayonda viloyatda quyonçilikka ixtisoslaşgan bitta yirik kompleks hamda har bir tumanda uşbu yönalişda ikkitadan xöjalik taşkil etiş işlari amalga oşirilmoqda. 

Quva tumanidagi “Vodiy quyon hamkorlik” agrofirmasi mazkur sohada tadbirkorlik faoliyatini boşlayotgan fermerlar uçun tajriba xöjaligi sifatida iş olib borayotir. 

– Quyonçilik ham serdaromad soha, – deydi “Vodiy quyon hamkorlik” agrofirmasi rahbari Bobur Nasriddinov. – 2009 yilda taşkil etilgan xöjaligimizni har tomonlama rivojlantiriş uçun xorijiy davlatlar tajribasini örganiş, naslli quyon zotlarini köpaytirişga alohida e'tibor qaratmoqdamiz. 


– Internet tarmoği orqali sohaga oid sönggi yangiliklar, quyon parvarişlaş, nasl olişdagi ilğor tajribalar, texnologik jarayonlarni diqqat bilan örganib boramiz, – deydi xöjalik veterinari Omonjon Sobirov. – Göşt yönalişida boqiladigan quyonning jahon miqyosida eng yuqori mahsuldorlik körsatkiçi 25 kilogramm hisoblanadi. Bizning xöjalikda ham uşbu yönalişda har bir quyondan 25 kilogrammgaça parhezbop göşt mahsuloti olinmoqda. Quyon göşti kelişuv asosida qöşni viloyatlar va poytaxtimiz bozorlariga yetkazib berilayotir. 

Quyonçilik – istiqbolli tarmoq. Quyon tovuşqonlar oilasiga mansub sut emizuvçi hayvon bölib, Antarktidadan taşqari yer yuzining barça mintaqasida tarqalgan. Hozir fanga quyonning 50 dan ortiq zoti ma'lum. Olinadigan mahsulotga qarab ikki katta guruhga ajratiladi – göşt va teri beradigan quyonlar.Muzlatilgan quyon göştidan yilning istalgan faslida foydalaniş mumkinligi uning parhezlik va boşqa xususiyatlarini oşiradi. Göştining biologik qiymati, yumşoqligi hamda yoğ va xolesterin moddasi kamligi hisobga olinib, tibbiyotda allergiya, gipertoniya, oşqozon-içak, me'da, öt-pufak, jigar kasalliklarini davolaşda foydalaniladi. Özbekistonda hozir uy şaroitida quyonboqarlar köproq oq velikan, kulrang velikan, oq momiq va angor zotli quyonlarni köpaytirmoqda. Quyon momiğidan tayyorlangan aşyolar davolovçi xususiyatga ega bölib, nevrologiya, radikulit bilan oğrigan bemorlarga tavsiya etiladi. Quyon momiği issiqni saqlaş xususiyatiga köra, qöy junidan 10 barobar ustun turadi. 

Qulay iqlim şaroiti, xomaşyo bazasi, tabiiy yer maydoni yetarli ekani viloyatda quyonçilikni yanada rivojlantiriş imkonini beradi.