26 yanvar kuni Markaziy saylov komissiyasining majlisi bölib ötdi. Uni Komissiya raisi M.Abdusalomov boşqardi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Majlisda Markaziy saylov komissiyasining 2015 yilda amalga oşirgan faoliyati töğrisidagi masala körib çiqildi hamda Komissiyaning 2016 yil birinçi yarmiga möljallangan iş rejasi muhokama etildi.

Majlisda ta'kidlanganidek, Komissiyaning 2015 yildagi faoliyati Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, amaldagi saylov qonunçiligi, Komissiyaning normativ-huquqiy hujjatlariga muvofiq amalga oşirildi va asosan parlament va prezidentlik saylovlariga tayyorgarlik köriş va ötkaziş böyiça tadbirlarni amalga oşirişga qaratildi. Butun saylov kampaniyasining oçiqligi va oşkoraligi milliy va xorijiy OAV faol iştirokida ta'minlandi.

Hisobot yilida Komissiyaning 22 ta majlisi ötkazilib, ularda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatlari, Senat a'zolari, Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovlari va Komissiya faoliyatining boşqa jihatlari bilan boğliq 46 ta qaror qabul qilindi.

Markaziy saylov komissiyasi BSOA, YeXHT, MDH, ŞHT doirasida xalqaro hamkorligini rivojlantirdi hamda xorijiy mamlakatlar saylov organlari bilan ikki tomonlama aloqalarini mustahkamlab kelmoqda. Şuningdek, Markaziy saylov komissiyasining vakillari Dominikan Respublikasida bölib ötgan BSOA Boş assambleyasining işida iştirok etdi. YeXHT kömagida Buyuk Britaniya, Daniyaning saylovga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş tajribasi, Saylovçilarning yagona elektron röyxatini şakllantiriş va qöllaş amaliyoti örganildi. Markaziy saylov komissiyasining vakillari MDH va ŞHT missiyalari, BSOA ekspertlari tarkibida Belarus Respublikasi, Armaniston, Qozoğiston, Ozarbayjon, Qirğizston kabi MDH qator mamlakatlaridagi saylov va referendumlarni kuzatişda qatnaşdilar bundan taşqari, saylov huquqi sohasidagi milliy ekspertlarimiz Serbiya, Koreya Respublikasi, Hindistonda taşkil etilgan öquv treninglarida iştirok etdilar.

Komissiya a'zolari Markaziy saylov komissiyasining tegişli normativ-huquqiy hujjatlarini 2015 yil 29 dekabrda qabul qilingan “Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kirtiş töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlaştiriş masalasini körib çiqdilar.

Majlisda Markaziy saylov komissiyasining vakolatiga kiradigan boşqa masalalar ham körib çiqildi.