Ispan adabiyotining eng maşhur vakili bölgan Servantes haqidagi aniq ma'lumotlar u qadar köp emas. Servantes şaxsi xuddi Don Kixot kabi afsona va töqimalarga burkangan. Nima bölganda ham, adabiyot olami buyuk adibdan yetuk asari uçun haligaça minnatdor. Bugungi maqola orqali Sizni Servantes hayoti va ijodiga doir 10 ta ma'lumot bilan taniştiramiz.
1. 1614 yilda “Lamançlik Don Kixot” asarining 2-qismi naşr etiladi. Servantes uçun bu voqea köngilsizliklar olib keladi. Çunki asar uning qalamiga mansub emasdi, boşqa yozuvçi maşhurlik va daromad uçun şu işga qöl urgandi. Servantes keyinçalik ham bunday hodisalar köp sodir bölişini payqagan holda 1615 yilda öz qalamiga mansub bölgan asarning ikkinçi qismiga quyidagi sözlarni yozib qöyadi: “Migel Servantes, 1-qism muallifi”;
2. Odamlar orasida Servantes bilan boğliq xato bir fikr yuradi: Servantes va Şekspir bir kunda, 1616 yil 23 aprelda hayotdan köz yumgan. Aslida unday emas. Ha, ular rostdan ham mamlakatlarida şu sanada vafot etişgan. Lekin, Şekspirning yurti Angliyada bu paytda eski taqvim böyiça, Servantesning yurti Ispaniyada esa yangi taqvim böyiça hayot keçirişardi. Kelib çiqadiki, ularning vafot etgan kunlari orasida aslida bir neça kun farq bor;
3. Servantesning çap qöli bilan boğliq bir neça xil qaraşlar bor. Masalan, kimlardir Servantes yoşligida öğirlik bilan şuğullangan, oqibatda uni jazolaşgan va çap qölini işlata olmay qolgan deydi. Ammo aniqroq manbalarga quloq tutadigan bölsak, Lepanto yonidagi jangda qöli yaralangan. Nima bölgan taqdirda ham, bu yöqotiş adabiyot şaydolari uçun yoqimli bölgani tayin. Çunki Servantesning ijod bilan şuğullanişiga aynan çap qölini işlata olmay qolganini sabab qilib körsatişadi;
4. Şekspir aslida yozuvçi bölmagan, kimlarningdir asarlari uning nomidan çop etilgan. Taniş gaplar, töğrimi? Servantesda ham şunga öxşaş holat. Adib arab tarixçisi Ahmad Inholiyning bitiklarini tasodifan sotib oladi. Undan esa “Don Kixot” asari voqealarini topadi… Bu hali holvasi. Eng qiziği, aslida şunday bölganligini Servantesning özi asarda tan olgan!!! Nima bölgan taqdirda ham, endi dunyo bu yangi ma'lumotni ongiga qabul qilolmasligi aniq. “Don Kixot” muallifi SeRVANTeS! Tamom;
5. Toledo ölkasida adib hayoti va ijodiga bağişlangan ikkita muzey bor. Biri Eskivias şahrida joylaşgan. Eskiviasda Servantes istiqomat qilgan. Ikkinçi şahar esa aynan Servantes tufayli dunyoga maşhur va u yerdagi muzey şaharga qilingan e'tiborga yaraşa javob bölsa kerak. Şahar nomi - Toboso. Bu nomni Don Kixotning sevgilisi Dulsineya yaşaydigan joy sifatida eşitgansiz, albatta;
6. Mardlikni xuş köruvçi, asarlari ham ritsarlik şon-şavkati bilan tölib-toşgan Servantes şunday degandi: “Öq otar qurol - jasur jyentelmenning hayotini qörqoq va pastkaş odamning qöliga topşirişdir!”;






