Özbekistonlik Qodir Norovning Stolik startapi Rossiya poytaxti Moskva şahrida bölib ötgan Eurasia Mobile Challenge mobil innovatsiyalar tanlovida eng yaxşilardan biri deb topildi. Bu haqda Sputnik agentligi taşkilotçilar saytiga asoslanib xabar berdi.
Özbekistonlik startapçi tanlovda uçinçi örinni qölga kiritgan holda şu yilning 21-25 fevral kunlari Barselonada ötkaziladigan xalqaro tanlov — Jahon Mobil Kongressida qatnaşiş huquqiga sazovor böldi.
Tanlovda Armaniston, Gruziya, Qozoğiston, Qirğiziston, Rossiya, Tojikiston va Özbekistondan jamoalar iştirok etadi. Taşkilotçilar uşbu mamlakatlarga tanlovda qatnaşayotgan iştirokçilar uçun treninglar ötkaziş maqsadida mutaxassislarini yuboradi.
Eurasia Mobile Challenge – GSM operatorlari xalqaro assotsiatsiyasi kömagi ostida mobil işlanmalar böyiça dunyoning barça qismlaridan saralab olingan iştirokçilar örtasida ötkazilayotgan World Mobile Challenge jahon körik-tanlovining bosqiçlaridan biri hisoblanadi. Tanlov mobil moliyalaştiriş, digital-xizmatlar, bulutli va M2M-yeçimlar, şuningdek, mamlakatlar va mintaqalardagi ijtimoiy muammolar, iqtisodiy ösişni rağbatlantirişga qaratilgan mobil ilovalar sohasida ğoyalarni qidirişga yönaltirilgan.
Fevral oyi örtalaridan AppStore va GooglePlay internet dökonlarida paydo böladigan Stolik mobil ilovasi töğrisidagi batafsil ma'lumotlarni stolikapp.com saytidan olişingiz mumkin.






