IT sohasi bugungi kunning eng zamonaviy, innovatsion va istiqbolli tarmoqlaridan biriga aylanib qoldi. Şu bois uşbu sohada faoliyat yuritib, yirik moliyaviy yutuqlarga erişayotgan insonlar soni ham tobora ortib bormoqda.

Forbes birinçi marta jahonning mazkur soha orqali milliardlar işlagan boyvaççalari reytingini e'lon qildi. Mutaxassislarning fikriça, uşbu sohadagi eng boy yuz şaxsning umumiy boyligi 842.9 mlrd dollarni taşkil qiladi. Dastlabki yettilikka uşbu mablağning 231.4 mlrd dollarlik qismi tegişli.

IT sohasi böyiça dunyoning eng boy 5 odami quyidagilardir:

1. Bill Geyts – 79.2 mlrd dollar. U ayni paytda sayyoramizning eng boy odami hamdir. Microsoft asosçilaridan biri nafaqat eng yirik milliarder, u xayriyaga pul ajratiş böyiça ham birinçilikni zabt etgan. Oçiq manbalarga köra, 1994-2010 yillarda u Bill va Melinda Geystlar jamğarmasiga 28 mlrd dollar kiritgan. 2010 yilda esa u barça milliarderlarga boyligining yarmini xayriya işlariga sarflaşni taklif qildi;

2. Larri Ellison – 54.3 mlrd dollar. Oracle asosçisi ilk bora Forbes röyxatlarida 1986 yili tilga olindi – öşanda uning boyligi bor-yöği 185 mln dollarni taşkil qilardi. 2014 yilning sentabridan milliarder özi asos solgan kompaniya boş direktorligini taşlab, korporatsiyaning dasturiy va apparat ta'minoti yönalişini boşqariş bilan şuğullanib kelmoqda.

3. Jyeff Bezos – 34.8 mlrd dollar. Amazon internet dökonlari tarmoğidan taşqari, unga Blue Origin aerokosmik kompaniyasi hamda The Washington Post matbaa uyi ham tegişlidir. Uning faoliyati muvaffaqiyatsizliklardan ham holi emas: 2014 yili bozorga öz smartfonini çiqarişga bölgan uriniş omadsizlik bilan yakunlandi.

4. Mark Tsukerberg – 33.4 mlrd dollar. Jahondagi eng yirik ijtimoiy tarmoq bölmiş Facebook.com asosçisi. Unga Instagram fotoservisi va WhatsApp messenjeri ham tegişlidir. Bundan taşqari, u jahon tarixidagi eng yoş milliarder hamdir. 2015 yil dekabrida Tsukerberg özining qariyb butun boyligini xayriyaga sarflaşini ma'lum qildi.