Jyeyms Kemeron rejissyorligidagi «Avatar» filmining davomini suratga oliş işlari 2016 yilning aprel oyiga belgilangan. Bu haqda What Culture xabar bergan.
Suratga oliş işlari Yangi Zelandiyada olib boriladi.
Naşrning yozişiça, film 2018 yilda ya'ni birinçi qism namoyişidan 9 yil ötib, katta ekranlarga çiqadi.
Bundan oldinroq, kartinaning davomini suratga oliş işlari ikkinçi marta noma'lum muddatga surilgani haqida xabar berilgandi.
«Avatar» filmining dastlabki qismi 2009 yilda ekranlarga çiqarilgan va kino tarixidagi eng kassabop filmga aylangandi. Keyinçalik Kemeron mazkur kartinaning uçta davomini suratga olişini ma'lum qilgandi. Unga köra, uçinçi va törtinçi qismlar 2018 va 2019 yillardagi bayram arafasida çiqişi rejalaştirilgandi.






