AQŞlik bir guruh mutaxassislar rak kasalligining dastlabki belgilari röyxatini tuzib çiqişdi. Şifokorlarning fikriça, odamlarning aksariyati öz salomatliklariga befarq va köpinça şifokorga keç murojaat qilişadi. Hozirça bedavo bölgan saraton kasalligi ham tanada yaşirin tarzda rivojlanadi va oğriq bermaydi. Öz alomatlarini sönggi bosqiçda namoyon qiladi.
Şunday qilib, mutaxassislar fikriça, belgilarning birinçisi kuçli çarçoq va uyquçilik. Ikkinçi belgi—yaxşi ovqatlaniş şaroitida sababsiz köp vazn yöqotiş. Uçinçisi—tanada kuzatiladigan örtaça balandlikdagi harorat (37,2-38,5). Şuningdek, tomoq bilan boğliq muammolar—yutingandagi oğriq, ovozning böğilişi, oğiz böşliği va labdagi yaralar.
Çindan ham biz yengil betoblikka köpinça e'tibor qilmaymiz va oyoqda ötkazib yuboraveramiz. Aslida esa bu jiddiy dardlar haqidagi signal bölişi mumkin ekan. Şu sababli mutaxassislar tanaga har qanday dard tekkanda öz vaqtida şifokorga uçraşiş şartligini uqtirmoqda.






