Şanxayda joylaşgan Icona kompaniyasi şahar uçun möljallangan, asimmetrik dizaynga ega Neo elektromobili prototipini namoyiş qildi. Ötgan yozda kompaniya kuzovi karbon va titandan işlangan Vulcano superkarini yaratgandi.

"Neo" şunday loyihalanganki, uning çap tomonida faqatgina bitta haydovçi eşigi, öng tomonida ikkita eşik bor. Bunga yölovçilarning xavfsizligi maqsadida qaror qilingan: ular har doim avtomobilning öng tomonidan, ya'ni yölning qatnov qismi tomondan emas, balki trotuar tomondan tuşadilar.

Icona Neo 3,4 metr uzunlikka, 1,63 metr enga, 1,5 metr balandlikka ega. Yangi modelning ğildiraklar bazasi 2,2 metrga teng.

Xetçbek ğildiraklariga örnatilgan elektrodvigatellar yordamida harakatlanadi. Ularning umumiy quvvati 28 ot kuçini taşkil qiladi. "Neo"ning maksimal tezligi 120 km/soatni, şahar şaroitida yuriş zaxirasi 150 kmni taşkil qiladi.

Prototip 720 kg oğirlikka ega. Ulardan 130 kilogrami dvigatellarga töğri keladi. Akkumulyatorlar töplami oğirligi 90 kg ni taşkil qiladi.