Facebook ijtimoiy tarmoği rahbari Mark Tsukerberg WhatsApp messenjerining butun dunyodagi foydalanuvçilari soni 1 milliardlik çegaradan oşganini ma'lum qildi. Tsukerberg öz sahifasida messenjer asosçisi Yan Kum va Brayan Ekton hamda maqsadga erişişda kömaklaşgan barçani tabrikladi.

U WhatsApp jamiyati 2014 yilda Facebook tuzilmasi safiga qöşilganidan söng ikki barobarga köpayganini qöşimça qilib ötdi. “Dunyoda millirdan ziyodroq odamlarni özaro boğlagan bir neçagina xizmatlar bor. Bu — butun dunyoni birlaştirişga eltadigan muhim qadamdir”, - deya qayd etdi Tsukerberg.