British Petroleum energetik kompaniyasi boş direktori Bob Dadlining fikriça, OPeK karteliga a'zo davlatlar hamda boşqa işlab çiqaruvçilar, xususan, Rossiya qora oltin narxini qöllab-quvvatlaş uçun neft qazib oliş hajmini qisqartirmaydi. Bu haqda u Bloomberg agentligiga bergan intervyusida ma'lum qildi.

“Ular bu işni qilişiga közim yetmaydi”, - tan oldi Dadli.

Rossiyaning işlab çiqariş hajmi haqida gapirarkan, mutaxassis quyidagi fikrni bildirdi:

“Bu körsatkiç barqaror qolişi ehtimoli baland, 1-2 foizlik qisqariş bölişi mumkin. Lekin men AQŞda neft qazib oliş hajmi qisqarayotganini köryapman, va aprel oyida ötgan yilning şu oyiga nisbatan sutkasiga 1 mln barrelga kam neft ola boşlaymiz deb öylayman”.

“Joriy yilning birinçi va ikkinçi çoraklarida bozorga Eron nefti çiqişi munosabati bilan narxlar özgarib turişi mumkin, ammo uçinçi va törtinçi çoraklarda talabning tiklanişini kuzatişimiz mumkin böladi. Jahonda sutkasiga 93 barrel neft yetkazilmoqda, gap esa faqat ortiqça 1 barrel haqida ketmoqda – bu farq yil oxiriga qadar yöqqa çiqişi lozim”, - xulosa qildi mutaxassis.