Turkiyaning Adan şahridan unça uzoq bölmagan hududda uçuvçisiz uçiş qurilmasi qulab tuşgan. Haber Türk naşri xabariga köra, bu AQŞ HHKga tegişli dron bölgan.
Voqea joyiga, Adandan 15 km masofadagi Dogakent tumanidagi qişloq xöjalik ekinlari ekilgan maydonga politsiyaçilar yetib kelişib, hududni örab olişgan. Bu yerga Injirlik bazasidan mutaxassislar ham çaqirilgan.
Hozirça bu hodisa haqidagi xabarga rasmiy şaxslar tomonidan munosabat bildirilmagan.
Haberler naşri ötgan yilning 20 oktabrida ham Xatay viloyati hududida AQŞ HHKga tegişli dron qulab tuşganini eslatib ötgan.






