3 fevral kuni Özbekiston Respublikasining haj delegatsiyasi Saudiya Arabistoniga jönab ketdi. Bu haqda ÖMI Matbuot xizmati xabar bergan.

Delegatsiya a'zolari Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din işlari böyiça qömita raisi Ortiqbek Yusupov va Özbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari bir hafta davom etadigan safar davomida Saudiya Arabistonida Haj vaziri Bandar Hajjor bilan uçraşişlari, muborak “Haj - 2016” mavsumini taşkil etişga taalluqli taşkiliy masalalarni kelişib olişlari rejalaştirilgan. Delegatsiya a'zolari şuningdek, bu yilgi haj mavsumida hojilarga xizmat körsatuvçi Umumiy Boş Muassasa, Transport Uyuşmasi, Haj vazirligining Makkai mukarrama va Madinai munavvara filiallari rahbarlari bilan ham uçraşadilar. Safar davomida Saudiya Arabistoni vakillari bölgan martabali mas'ullar bilan muborak haj safarini köngilli ötkazişga taalluqli masalalarni muvofiqlaştirib olinadi.

Delegatsiya a'zolariga şuningdek, Özbekiston musulmonlari idorasi matbuot kotibi J. Nuriddinov va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toşkent islom universiteti xalqaro aloqalar bölimi mudiri H. Hasanov hamrohlik qilişadi.