Ötgan yili Tojikiston Özbekiston va Qozoğiston oldidagi qarzdorlikni butunlay uzdi. Bu haqda mamlakat moliya vaziri örinbosari Jamşed Karimzodaga tayangan holda AsiaPlus naşri xabar bermoqda.

Uning ta'kidlaşiça, ötgan yil boşida qarzdorlik miqdori Özbekiston oldida 8 mln dollarni, Qozoğiston oldida esa 12.2 mln dollarni taşkil qilayotgan edi.

2016 yil boşida Tojikistonning umumiy taşqi qarzi 2 mlrd 182.65 mln dollarni taşkil qildi. Bu YaIMning 27.8 foizini taşkil qiladi.