"Özbekiston" naşriyot-matbaa ijodiy uyida Guljahon Mardonovaning "Özbek xalq qöşiqlari" töplami naşr etildi. Bu haqda Özbekiston matbuot va axborot agentligi saytida xabar qilindi.
Uşbu kitobga madaniyatimizning eng gözal qirralaridan biri bölgan xalq qöşiqlari kiritilgan. Bular allalar (onalar allasi, buvilar allasi), bolalarga erkalama aytimlar, yor-yorlar, kelin salomlar, xalq qöşiq-ölanlari, çoy baytlari, ramazon qöşiqlari va aytimlardan iboratdir.
Töplamga kiritilgan qöşiqlarni etnograf, folklorşunos jurnalist Guljahon Mardonova tartibga keltirgan. Kitobning yana bir ahamiyatli tomoni şundaki, unda butun respublikamiz hududini qamrab olgan va noyobligi bilan yanada qimmatli bölgan qöşiqlar jamlangan. Mazkur ma'naviy xazina şu sohada ilmiy izlanişlar olib borayotgan tadqiqotçilar, maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari öqituvçilari, ma'naviyat tarğibotçilari, mahalla maslahatçilari, xotin-qizlar kengaşi faollari, folklor-etnografik ansambllar jamoasi va keng kitobxonlar ommasiga möljallangan.






