Apple kompaniyasi Apple Watch Sport aqlli soatlarining oynasiga şikast yetgan taqdirda qoniqarli ta'mirlaşga kafolat yöqligini bildirdi. Singan gadjyet egasi işlab çiqaruvçi ustidan sudga ariza berdi va yutib çiqdi, deya xabar berdi BBC News.

32 yoşli uelslik Garet Kross 2015 yilning iyul oyida Apple Watch Sport aqlli soatini sotib olgandi. Ön kun ötgaç, gadjyetning Ion-X oynasida kiçik çatnaş borligini payqab qoldi va aqlli soatlarni ta'mirlovçi Apple servis markaziga murojaat qildi.

Biroq servis markazi xodimlari soatni işonçli ta'mirlaşga kafolat yöqligini bildiradi. Şundan söng, Garet Kross yolğon reklama va sotib oluvçilarni çalğitiş yuzasidan sudga ariza yozadi.

Sud jarayonlari yarim yilga yaqin davom etgan. Kross bu davrda yöqotgan vaqti va asablariga açinmasligini bildirgan. Eng muhim, kompaniya bundan buyon yanada huşyor bölişini qöşimça qilgan.

Qiziği şundaki, sud jarayonlari yakunlanişi bilan Apple kompaniyasi aqli soatlarning texnik imkoniyati haqidagi ma'lumotlarga özgartiş kiritdi. Ya'ni Apple Watch Sport aqlli soatidan “zarbga çidamli” degan qismini olib taşladi.