"Barselona" jamoasi hujumçisi Luis Suaresning Urugvay terma jamoasi safiga qaytiş sanasi ma'lum böldi. U endi 2018 yilgi jahon çempionati uçun saralaş öyinlarida terma jamoasiga yordam berişi mumkin böladi.
Urugvaylik hujumçi JÇ-2018 musobaqasiga saralaş bahsi 5-turida Braziliya termasiga qarşi öyinda maydonga tuşadi. Mazkur uçraşuv 25 mart kuniga belgilangan.
Eslatib ötamiz, 29 yoşli futbolçi Braziliyada ötkazilgan 2014 yilgi mundialning Italiya termasiga qarşi bahsida raqib himoyaçisi Jorjo Kellinini tişlagani uçun terma jamoa safidagi 9 öyinga diskvalifikatsiya qilingan, 4 oy davomida futboldagi har qanday faoliyatdan çetlaştirilgan edi. U şundan beri Urugvay terma jamoasidan 640 davomida çetda qoldi.
Ayni vaqtda Urugvay terma jamoasi JÇ-2018 saralaşida 4ta öyindan keyin ikkinçi örinda bormoqda. Urugvayliklarni braziliyaliklar 2 oçkolik farq bilan ta'qib qilmoqda.






