Tojikiston konstitutsion sudi respublika parlamenti tomonidan taklif qilingan konstitutsion özgartişlarni qonuniy deb tan olindi. Özgartişlarga muvofiq, amaldagi prezident Emomali Rahmon davlat va jamiyatning bugungi bosqiçiga muvofiq tarzda uşbu lavozimda umrining oxirigaça qoladigan böldi.

Eslatib ötamiz, parlamentning quyi palatasi 22 yanvar kuni Emomali Rahmon Millat peşvosi maqomi sohibi sifatida çeklanmagan miqdorda prezidentlikka saylanişi mumkinligi borasida özgartişlarni qabul qilgandi. Uşbu loyiha konstitutsion sud tarafidan tan olindi, endi, qonunçilikka muvofiq, parlament 15 kun içida butunxalq referendumi ötadigan kunni e'lon qilişi lozim.