Haşamatli retro avtomobillar ixlosmandlari qattiq hayajonda turibdilar. Parijdagi auksionda 1957 yilda işlab çiqarilgan juda kamyob Ferrari poyga maşinasi sotuvga qöyildi.
Ekspertlar bu maşinaning narxini 32 mln yevroga baholaşmoqda, çunki bunday maşinadan dunyoda bor-yöği 4 tagina mavjud. Biroq auksionga qöyilgan maşina yana boy tarixga ham ega.
Bu Ferrari’ni 1957 yilda "Formula-1"ning Gavanadagi Gran-pri poygasida taniqli britaniyalik poygaçi Stirling Moss boşqargan. Bundan keyin maşinani "Formula-1"ning boşqa atoqli poygaçilari boşqargan.
Hozirda bu afsonaviy avtomobil Ferrari avtomobillarining eng katta kolletsiyasiga ega bölgan fransuz Per Bardinoga tegişli. Bu markadagi eng qimmat maşina ikki yil avval 28,5 mln yevroga sotilgandi.






