Qirğizistonning davlat qarzi 3,7 mlrd dollarni taşkil qilmoqda. Bu haqda matbuot-anjumanida Qirğiziston moliya vaziri Odilbek Qosimaliyev ma'lum qildi.

Qosimaliyevning aytişiça, davlat qarzining 94 foizi taşqi qarzlarga töğri keladi. 2015 yil 30 noyabrda taşqi qarz 3 mlrd 491 mln dollar yoki 264 mlrd 987 mln qirğiz somini taşkil qilgan. Mamlakatning içki qarzi esa 204 mln dollarni taşkil qilmoqda.

2015 yilda dollar kursining oşişi sababli Qirğizistonning davlat qarzi böyiça tölovlari 345,2 mln somga köpaygan. Moliya vazirligi taşqi qarzning yalpi içki mahsulotga nisbatan maksimal çegarasining oşişi mumkinligini aytmoqda.