Çeçeniston rahbari Ramzon Qodirov Çeçeniston bilan Inguşetiyaning birlaşişiga qarşi çiqmoqda. U bu haqda instagramdagi sahifasida ma'lum qildi.
Qodirov Inguşetiya rahbari Yunus-Bek Yevkurov bilan ekstremizmga qarşi birgalikda kuraşişga kelişib olganini qöşimça qildi.
"Yunus-Bek Yevkurov bilan uçraşuvimiz bölib ötdi. U bilan birgalikdagi sa'y-harakatlar yordamida har qanday ekstremistik körinişlarga qarşi kuraşişga kelişib oldik", deb ta'kidlab ötdi Qodirov.
Qodirov Çeçeniston va Inguşetiyaning birlaştirilişi borasidagi fikrini bildirib ötdi.
"Çeçeniston bilan Inguşetiyani birlaştirişga urinayotganim haqidagi iğvogar gaplarga kelsak, men bunga heç qaçon rozi bölmayman. Va men qasam içib aytişim mumkinki, bu birlaşişga mençalik darajada qarşi odam yöq. Çeçenlar va inguşlar – qardoş xalqlar. Biroq har bir respublikaning öz muammosi va vazifalari mavjud. Ularni qoriştirişning heç hojati yöq", deb aytdi Qodirov.
Qodirov gap aynan qanday "iğvogar gaplar" haqida ketayotgani borasida aniqlik kiritmadi.






