"Arsenal" jamoasi boş murabbiyi Arsen Vengerning qayd etişiça, "Lester" jamoasi Angliya çempionatidagi barça jamoalarga yaxşi namuna bölmoqda.

U Klaudio Raneri şogirdlarining 25 turda safarda turnirning asosiy favoritlaridan biri "Mançester Siti"ni 3:1 hisobida mağlub etib qaytgaç va ikkinçi örindagi "Tottenhem" jamoasidan 5 oçko oldimlab ketgaç, bu jamoa haqidagi öz fikrlarini bildirib ötdi.

"Lester"ning bir ustunligi bor, bu ustunlik jamoada mavsum oxirigaça saqlanib qolişi mumkin. Bu ustunlik şundaki, bu jamoani "Arsenal" va "Mançester Siti" muxlislaridan taşqari mamlakatdagi boşqa barça muxlislar qöllab-quvvatlamoqda.

Siz mendan qişki transferlarda "Arsenal"ga yangi futbolçilar qöşib olmaganim uçun gina qilişingiz mumkin. Lekin, qişki transferlar vaqtida saviyali futbolçi sotib olişning deyarli iloji bölmaydi.

Men öylaymanki, "Lester"ning tarkib borasidagi işlari joyida. "Tulkilar" tarkibida jarangdor nomlar, yulduz futbolçilar yöq. Siz esa tağin mendan yulduzlarni sotib olişni talab qilasizmi? "Lester" esa hamma gap pulda va tarkibga yuqori darajadagi futbolçilarni qöşib olişda emasligini körsatmoqda. Bu jamoaning natijalari jamoaviy öyinning tartibli ravişda yölga qöygani evazigadir. "Lester" Angliya çempionti jamoalari uçun yaxşi namuna körsatmoqda", deydi murabbiy goal.com naşriga.

Ma'lumot uçun, ayni vaqtda "Lester" 53 oçko bilan turnir peşqadami bölib turibdi. Arsen Venger boşqaruvidagi "Arsenal" esa bitta öyin kam ötkazgan holda 45 oçko bilan törtinçi örinda joylaşgan.