Bugun Angliya Premer-ligasining 25-turi "Mançester Siti" va "Lester" klublari örtasidagi uçraşuv orqali boşlab berildi.

Öyinda mezbonlar 1:3 hisobida mağlub bölişib, turnir jadvalidagi asosiy raqiblarini oldinga qöyib yuborişdi.

Dastlab, öyinning uçinçi daqiqasidayoq Robert Hut burçak zarbasidan söng "Lester"ni hisobda oldinga olib çiqdi 0:1.

Tanaffusga qadar Şmeyxel darvozasi daxlsiz qoldi.

Ikkinçi bölimning ilk daqiqalari ham "Lester"ning ustunligi ostida ötdi va 48 daqiqada Riyod Maxrez öz driblingi evaziga raqib himoyaçilarini aldab ötib, töpni Jo Hart qörqlayotgan darvoza töriga joylab qöydi – 0:3.

60-daqiqaga kelib, "Lester" himoyaçisi Robert Hut yana bir bor burçak zarbasidan söng yuzaga kelgan vaziyatdan unumli foydalanib, hisobni yirik körinişga olib keldi 0:3.

Uçraşuvning 87 daqiqasida "Mançester Siti" Serxio Agueroning goli evaziga yirik hisobdagi mağlubiyatdan qutilib qoldi.

Endilikda, "Lester" öz hisobidagi oçkolar sonini 53taga yetkazib olgan holda turnir jadvalidagi yetakçiligini mustahkamladi. Ikkinçi örindagi "Mançester Siti" hisobida esa 47 oçkoligiça qoldi.

Angliya Premer ligasi, 25-tur

Mançester Siti – Lester 1:3 (0:1, 1:2)
Gollar: 0:1 – 3 Hut, 0:2 – 48 Maxrez, 0:3 – 60 Hut, 1:3 – 87 Aguero.
Mançester Siti – Hart, Otamendi, Kolarov, Sabaleta, Demiçelis, Fernandino, Delf (Ixeanaço, 52), Ture (Fernando, 52), Silva (Tselina, 77), Sterling, Aguero.
Lester – Şmeyxel, Morgan, Fuks, Simpson, Hut, Kante, Drinkuoter, Olbrayton (Dayyer, 86), Marez (Grey, 77), Okazaki (Uloa, 81), Vardi.
Ogohlantirişlar