Ötgan yakşanba kuni Şimoliy Koreya tomonidan uçirilgan taşuvçi raketaning yuki uç yil oldingisiga nisbatan ikki barobarga köpayib, 200 kg ga yetdi. Bu haqda Koreya Respublikasining milliy razvedka xizmati xabar bermoqda.
“Bizdagi ma'lumotlarga qaraganda, u 2012 yil dekabrida uçirilgan raketaning boş qismi vaznidan ikki barobar oğirdir”, - deyiladi razvedkaning milliy mudofaa böyiça parlament qömitasining yiğilişida taqdim etilgan hisobotida.






